1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport / 
  4. Sport gimnastikasi: afsonaviy Chusovitina Jahon kubogining final bosqichida

05:57 / 03.03.2022

1.4k

Sport gimnastikasi: afsonaviy Chusovitina Jahon kubogining final bosqichida

Sport gimnastikasi: afsonaviy Chusovitina Jahon kubogining final bosqichida

Qatar poytaxti Doha shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogining navbatdagi bosqichi boshlandi.

 

Musobaqada dunyoning 30 ta davlatidan eng kuchli gimnastlar g‘oliblik uchun bahs yuritishmoqda.

 

Nufuzli musobaqada o‘zbek sporti afsonasi, Olimpiada o‘yinlarida 8 marotaba qatnashgan tarixdagi yagona gimnastikachi Oksana Chusovitina yetakchiligidagi bir guruh sportchilarimiz ham yurtimiz sharafini himoya qilishga bel bog‘lagan.

 

Biz uchun xushxabar: kecha bo‘lib o‘tgan tayanib sakrash mashqlarida 46 yoshli sportimiz faxri Oksana Chusovitina saralash bahslarida eng yaxshi uchinchi natijani qayd etdi va yakunda final bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

 

Ushbu yo‘nalishda rossiyalik 16 yoshli sportchi Viktoriya Listunova eng yaxshi natijani qayd etdi. Vengriyalik Mariya Chenge Bachkay esa ikkinchi pog‘onadan joy oldi.

 

Darvoqe, Jahon kubogining Doha bosqichida afsonaviy Chusovitinadan tashqari yana bir olimpiadachimiz Rasuljon Abdurahimov, shuningdek, Habibullo Ergashev, O‘tkirbek Jo‘rayev, Abdulla Azimov va Gulnoz Jumabekova kabi isteʼdodli sportchilarimiz ham ishtirok etyapti. Murabbiylar shtabiga Ravshan Mirzayev, Yevgeniy Galkin, Andrey Nilovlar kiritilgan bo‘lsa, hamyurtlarimiz Otabek Masharipov hamda Oksana Kiosya hakamlar tarkibidan joy olgan.

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика