“Antropis” bosh direktori Dario Amodeining fikricha, sunʼiy intellekt tufayli inson umri 5-10 yil ichida ikki baravar uzayadi. U AIning jadal rivojlanishida katta ijobiy potensialni taxmin qilmoqda.
“Inson umrini ikki baravar oshirish aqldan ozish emas. Agar AI bu jarayonni tezlashtira olsa, biz 5-10 yil ichida bunga erishamiz. Agar biz ushbu sunʼiy intellektni haqiqatan ham chuqur va to‘g‘ri tushunsak, bunga erisha olamiz”, dedi u.
Agar prognoz amalga oshsa, o‘n yil ichida odamlarning o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 140-160 yilni tashkil etadi, bu odam erishgan maksimal yoshdan bir necha o‘n yillar oshib ketadi. Hozirda rasmiy rekord 122 yil 164 kunni tashkil etadi.
Komila Odilova tayyorladi


