“O‘zbekistonda super-kontrakt bekor qilindi” mazmunidagi xabarlar asossizdir. Aslida, tizimga yangi tartib joriy etildi.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-son qaroriga ko‘ra, 2017-yilda qabul qilingan super-kontraktga oid 393-son qaror o‘z kuchini yo‘qotdi. Shu tariqa, kirish imtihonida 56,7 balldan past natija ko‘rsatgan abituriyentlar uchun amalda bo‘lgan “2 barobargacha to‘lov” sharti bekor qilindi.
Endilikda esa to‘lov-kontrakt miqdori tabaqalashtirilgan tartibda belgilanadi. Jumladan:
1,05 ballgacha yetmaganlar – bazaviy kontraktning 1,5 barobari;
1,06–2,05 ball oralig‘i – 2,0 barobari;
2,06–3,05 ball oralig‘i – 2,5 barobari;
3,06–4,05 ball oralig‘i – 3,0 barobari.
Agar abituriyent belgilangan qabul chegarasidan 4,05 balldan ham ko‘proq yetisha olmasa, to‘lov miqdorini oliy ta’lim muassasasi rahbari bazaviy kontraktning kamida 3,0 barobaridan past bo‘lmagan holda belgilaydi.


