1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Surxondaryoda advokat sudyaga pora taklif qildi

U ish bo‘yicha fuqaroviy daʼvogarning vakili bo‘lgan.

Surxondaryoda advokat sudyaga pora taklif qildi

Surxondaryo viloyatida jinoyat ishi bo‘yicha shikoyatni qanoatlantirib berish evaziga sudyaga pora taklif qilgan advokat ushlandi. Bu haqida Sudyalar oliy kengashi xabar berdi.

 

Maʼlum bo‘lishicha, Surxondaryo viloyat sudi ish yurituvidagi Sh.H.ga (birinchi instansiya sudi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan aybli deb topilgan, hukm apellyatsiya instansiyasida o‘zgarishsiz qoldirilgan) doir jinoyat ishi bo‘yicha berilgan taftish shikoyatini qanoatlantirib berish evaziga sudyaga (jinoyat ishi bo‘yicha maʼruzachi) 1000 dollar miqdorida pora taklif qilgan advokat ushlangan.

 

Advokat ish bo‘yicha fuqaroviy daʼvogarning vakili bo‘lib, taftish shikoyati qonuniy ko‘rib chiqilishi tushuntirilishiga qaramay takroran pora taklif qilgani ortidan, sudyaning bildirgisi asosida vakolatli organ tomonidan tadbir o‘tkazilib, daliliy ashyo bilan qo‘lga olingan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика