1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Surxondaryoda Agrobank boshlig‘i avariyaga uchradi

U mast holda mashina boshqargani aytilmoqda.

Surxondaryoda Agrobank boshlig‘i avariyaga uchradi

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatida Agrobank boshlig‘i bankka olingan yangi Onix avtomobilini mast holda boshqarib, avariyaga uchragani to‘g‘risida xabar tarqaldi. Holat bo‘yicha rasmiy maʼlumot berdi.

 

Maʼlum bo‘lishicha, bankning Oltinsoy filiali boshqaruvchisi, 1989 yilda tug‘ilgan A.Ya. filialga tegishli bo‘lgan davlat raqami belgisi 75 747 ZAA oq rangli Chevrolet Onix avtomobilini 18 aprel kuni kech soat 23:00 lar atrofida boshqarib ketayotganida yo‘l-transport hodisasiga uchragan.

 

IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining so‘rovnomasiga asosan Oltinsoy tuman tibbiyot birlashmasi vrachi, narkolog tomonidan narkologik ekspertiza o‘tkazilib, 18 apreldagi «Mastlik holatini aniqlash bo‘yicha tibbiy tekshiruvdan o‘tkazganlik to‘g‘risida»gi xulosasida mastlik holati aniqlanmagani qayd etilgan.

 

Hozirda mazkur yo‘l-transport hodisasi yuzasidan YHXX va ichki ishlar tergov organi tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика