Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan OAVda tarqalgan Termizdagi “majburiy mehnat”ga oid xabarlar yuzasidan oʻrganish o‘tkazildi.
Tekshiruv davomida Surxondaryo viloyat Yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori xodimlarni ularning roziligisiz, mehnat funksiyalariga kirmaydigan ishlarni bajarishga majburlagani ma’lum boʻldi. Bu orqali Mehnat kodeksining 5-moddasi hamda majburiy mehnatni qat’iyan taqiqlovchi me’yorlar buzilgan.
Mazkur qonunbuzilishlar uchun bosh shifokorga nisbatan ma’muriy javobgarlik choralari qo‘llanildi va u 20 million 600 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi.
Majburiy mehnat holatlarini oldini olish, xodimlar mehnat huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.


