1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Surxondaryoda energetika sohasi mansabdori, Farg‘onada Xalq qabulxonasi xodimi ushlandi

O‘tkazilgan tezkor tadbirda mansabdor shaxslar 5 mln so‘m pora bilan qo'lga olingan.

Surxondaryoda energetika sohasi mansabdori, Farg‘onada Xalq qabulxonasi xodimi ushlandi

Surxondaryo viloyatida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Energ-savdo” filialining Oltinsoy tuman bo‘limi boshlig‘i tuman Suv yetkazib berish xizmati bosh mutaxassisi bilan til biriktirib, elektr energiyasi bo‘yicha qarzdorligi mavjud bo‘lgan fermer xo‘jaligini umumiy tarmoqka qayta ulab berish evaziga 5 million so‘m talab qilgan. Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Department xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ular so‘ralgan pulni olayotgan vaqtida qo‘lga olingan. Bu haqda Zamon.uz ga DXX xabar berdi.

 

Farg‘ona viloyatida esa O‘zbekiston tumani Xalq qabulxonasi yetakchi mutaxassisi fuqarodan 5 million so‘m olib, tuman Majburiy ijro bo‘limida uning kredit qarziga oid ijro hujjatini tanishlari orqali yo‘q qilib berishni va’da qilgan. U ham Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan dalillar bilan qo‘lga olindi.

 

Mutasaddi idoralar ma’lum qilishicha, mazkur shaxslarning noqonuniy harakatlari yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga binoan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

 

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar aholiga murojaat qilib, korrupsiyaviy harakatlarga aralashmaslik va bunday holatlar haqida darhol tegishli idoralarga xabar berish zarurligini eslatmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика