1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston / 
  4. Surxondaryoda internet tarmog’i orqali “Jihod”ni targ’ib qiluvchi videolar tarqatgan fuqaro qo’lga olindi

17:29 / 03.03.2022

1.2k

Surxondaryoda internet tarmog’i orqali “Jihod”ni targ’ib qiluvchi videolar tarqatgan fuqaro qo’lga olindi

Surxondaryoda internet tarmog’i orqali “Jihod”ni targ’ib qiluvchi videolar tarqatgan fuqaro qo’lga olindi

Unga nisbatan 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin.

 

Surxondaryo viloyati IIB hamda DXX viloyat boshqarmasi hamkorligida  Sho‘rchi tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro S.Bekmurod (ism- sharif o‘zgartirilgan)ga tegishli 1 dona qora rangli “Samsung Galaxy J6” rusumli telefon apparati xotirasi va unda ochilgan internet tarmog‘ining kanal va sahifalari ko‘zdan kechirilgan.

 

Ko‘zdan kechirish jarayonida fuqaroning raqamiga faollashtirilgan “Sadr Bekmurod” (nom shartli ravishda o‘zgartirildi) nomli telegram akkaunti mavjudligi va u orqali o‘ziga yaqin messenjer foydalanuvchilariga qonunchiligimizda taqiqlangan shaxslarning “Hijrat” va “Jihod”ga chorlovchi video va audio materiallari tarqatilib, da’vat qilib kelinganligi aniqlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan 2022-yilning 21-yanvarida fuqaroga nisbatan JKning 244-1-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика