Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Guliston shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Guliston shahar shoshilinch tez tibbiy yordam stansiyasi navbatchi shifokori fuqaroni tanishlari yordamida ushbu bo‘limga dispetcherlik vazifasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 700 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, Surxondaryoda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Sho‘rchi tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli tez tibbiy yordam bo‘limi xo‘jalik bekasi fuqaroni hamshira vazifasida ishga kiritib qo‘yish evaziga 1 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


