1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Surxondaryoda Mirzo Ulug‘bek hukmronligi davriga oid “xazina” topildi

9-martdan boshlab Sariosiyo tumanida ilmiy izlanish olib boriladi.

Surxondaryoda Mirzo Ulug‘bek hukmronligi davriga oid “xazina” topildi

 

Madaniy meros agentligining xabar qilishicha, Sariosiyo tumanidagi Alisher Navoiy mahallasida yashovchi fuqarolar To‘palang daryosi qirg‘og‘idan juda ko‘p miqdorda mis tangalar topib olgani haqida ma’lumotlar tarqalgan.

 

Ishchi guruhning tumanda olib borgan o‘rganishlari natijasida bu maʼlumot tasdiqlangan. Olimlarning ta’kidlashicha, mazkur ashyolar hozirgacha vatanimiz hududidan topilgan Mirzo Ulug‘bek hukmronligi davrida zarb ettirilgan pul tangalarining eng katta va yaxshi saqlangan xazinasi hisoblanadi. 

 

Shuningdek, Sariosiyo tumanidagi Alisher Navoiy mahallasida yashovchi fuqarolar tomonidan topilmalar talon-taroj qilinayotganligi aniqlangan.


Ayni paytda topilmalar aniqlangan hudud muhofazaga olingan. 9-martdan boshlab Sariosiyo tumani To‘palang daryosi hududida ilmiy izlanishlar olib boriladi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика