1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Tadbirkor va sobiq deputat Olim Sulaymonovga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

U tergovga kelishdan bo‘yin tovlagani uchun majburan olib kelingan.

Tadbirkor va sobiq deputat Olim Sulaymonovga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

 

Ichki ishlar bosh boshqarmasi sobiq deputat, tadbirkor Olim Sulaymonovga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgani haqida ma’lumot berdi.

 

Rasmiy xabarga ko‘ra, 1964-yilda tug‘ilgan Olim Sulaymonovga nisbatan Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) bo‘yicha ish yuritilmoqda.

 

Tergov organlari ma’lum qilishicha, u bir necha bor chaqiruv qog‘ozlari orqali rasmiy tarzda so‘roq uchun chaqirilgan bo‘lsa-da, tergovga kelishdan qasddan bo‘yin tovlab kelgan. Shu sababli, 14-oktyabr kuni u qonuniy tartibda tergov organlariga majburan keltirilgan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda. IIBB, shuningdek, tergov jarayoniga aralashish yoki bosim o‘tkazishga urinish javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkinligini eslatib o‘tdi.

 

Ma’lumot uchun, Olim Sulaymonov 2017-yilda sud hukmi bilan uch yil-u bir oy muddatga ozodlikdan mahrum etilgan, biroq o‘sha yilning 5-dekabr kuni ozodlikka chiqqan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика