Tailand va Kambodja chegara mojarosini toʻxtatish uchun muhim qadam tashladi. Tailand va Kambodjadagi mudofaa vazirlari — Natthaphon Nakphanit va Thea Seiha — oʻt ochishni toʻxtatish toʻgʻrisidagi qoʻshma bayonotni imzoladilar, deb xabar berdi Tailand davlat telekanali Thai PBS. Memorandum 27 dekabrdan kuchga kiradi.
Imzolangan hujjatga koʻra, har ikki tomon harbiy kuch ishlatmaslik va paydo boʻlishi mumkin boʻlgan nizolarni tinch yoʻl bilan hal qilishga harakat qiladi. Rejim barcha turdagi qurollarga taalluqli va fuqarolar, infratuzilma hamda harbiy obyektlarga hujum qilishni taqiqlaydi. Shuningdek, tomonlar provokatsiya qilmaslik, chegara atrofida qoʻshinlarini kuchaytirmaslik va «ko‘chirilgan» aholni oʻz joyiga qaytarishga kelishdilar.
Dekabr oyi boshida Tailand Kambodjani Buriram provinsiyasida fuqarolarga hujum qilishda ayblagan edi. Bu chegara mojarosining eng so‘nggi bosqichi boʻlib, Anupong bazasiga hujumda harbiylar jarohatlandi va Tailand F-16 samolyotlari orqali Kambodja artilleriyasini yoʻq qildi. Mojaro 20 kun davom etdi.
24 dekabrda ikki mamlakat harbiylari Tailandning Chanthaburi provinsiyasida uchrashib, tinchlik yo‘lida kelishuvga erishdilar. Bu qadam mintaqadagi barqarorlikni mustahkamlash va mojaroni bartaraf etishga qaratilgan muhim harakat sifatida qaralmoqda.


