1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Tashkent city” bog‘i atrofidagi ko‘chalar 15 kunga yopildi

Haydovchilardan yondosh ko‘chalarda harakatlanish so‘raldi.

“Tashkent city” bog‘i atrofidagi ko‘chalar 15 kunga yopildi

Poytaxtning Shayxontohur tumanida joylashgan “Tashkent city” bog‘ida o‘tkazilishi rejalashtirilgan yangi yil bayrami tadbirlari munosabati bilan 2024 yil 25 dekabr kunidan  2025 yil 10 yanvar kuniga qadar “Tashkent city” bog‘i ichida jumladan O‘qchi, Yangi Toshkent, Zargar ko‘chalarida transport vositalarining harakatlanishiga cheklov kiritiladi.

 

Shu munosabat bilan haydovchilardan yondosh ko‘chalardan harakatlanishlari so‘ralmoqda.

 

Shuningdek “Tashkent city” bog‘ida o‘tkazilayotgan bayram tadbirlariga tashrif buyurish istagida bo‘lgan fuqarolar Islom Karimov ko‘chasi orqali SQB va Asaka banklari yerosti avtoturargohlariga, Furqat ko‘chasi orqali “Boulevard” aholi turar joy kompleksining yer osti turargohiga, Botir Zokirov va Zargar ko‘chalari orqali "Tashkent City Mall" ko‘ngil ochar savdo majmuasining yer osti avtoturargohiga o‘z avtomashinalarini saqlashi mumkin. 

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика