1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Telegram‘da fuqaroni aldab, xorijga ishga yubormoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

U messenjerda “Chet elda ISH” nomli guruh ochgani aytilmoqda.

Telegram‘da fuqaroni aldab, xorijga ishga yubormoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

 

Farg‘ona viloyati, Quvasoy shahrida yashovchi 35 yoshli X.T. ariza bilan murojaat qilib, “Telegram” messenjeri orqali “nomaʼlum shaxs” tomonidan uni Shvetsiya davlatiga ishga jo‘natishini aytib, aldov yo‘li bilan bank kartasidan 1.160.000 so‘m pullarini qo‘lga kiritganligini maʼlum qilib, ushbu shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.

 

O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Toshkent shahri, Yashnobod tumanida yashovchi 25 yoshli S.M. sodir etganligi aniqlandi.

 

Unga ko‘ra, S.M. “Telegram” messenjerida “Chet elda ISH” nomli guruh ochib, u yerda dunyoning turli mamlakatlariga ishga yuborishni vaʼda qilib, tuzog‘iga tushgan fuqarolardan bank kartasiga firibgarlik yo‘li bilan pullarni o‘zlashtirib kelgan.

 

Jinoyat sodir etgan S.M. O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoiy javobgarlikka tortildi.

 

Qonunga muvofiq, S.M. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика