1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

Indoneziya futbol federatsiyasi uning nomzodini rasman tasdiqladi, mahalliy muxlislar esa bu qarorni mamnunlik bilan kutib olgan.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

Indoneziya futbol assotsiatsiyasi O‘zbekiston terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Temur Kapadzeni milliy terma jamoa bosh murabbiyi etib tayinlaganini rasman e’lon qildi. Bu haqda tashkilot o‘zining rasmiy sahifalarida ma’lum qildi.

 

Mahalliy futbol muxlislari Kapadzening kelishini ijtimoiy tarmoqlarda uzoq vaqt davomida kutganini yozishgan. Avvalroq Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasini boshqarishga tayyorligini bildirgan va agar rasmiy taklif bo‘lsa, uni mamnuniyat bilan qabul qilishini aytgan edi.

 

Kapadze ilgari bergan intervyularida Qozog‘istondan rasmiy taklif bo‘lmaganini, biroq Turkiya, Xitoy va Indoneziya variantlari ko‘rib chiqilganini bildirgan. Shuningdek, u O‘zbekiston Superligasi klublaridan birida ishlash ehtimoli ham borligini ta’kidlagan edi.

 

Ma’lumot o‘rnida, Temur Kapadze 2025-yil yanvardan 6-oktyabrgacha O‘zbekiston milliy terma jamoasini boshqargan. Bu davrda u 9 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta g‘alaba va 4 ta durang natijalarini qayd etgan. Keyinroq u milliy jamoa murabbiyi Fabio Kannavaroga yordamchi sifatida faoliyat yuritgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика