“Barselona” darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen “El-Klasiko”da oltinchi bor o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Shu tariqa Ter Shtegen bu ko‘rsatkich bo‘yicha “Real”ning sobiq darvozaboni Iker Kasilyasga yetib oldi. Bu bo‘yicha rekordchi “Barselona”ning sobiq darvozaboni Viktor Valdez bo‘lib, uning hisobida yettita o‘yin bor.
Eslatib o‘tamiz, kecha “Barselona” Ispaniya kubogining birinchi yarim finalida “Real”ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.
Ispaniya kubogining javob yarim final bahsi 5 aprel kuni “Kamp Nou” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Ter Shtegen joriy mavsumda barcha turnirlarda 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 25 ta gol o‘tkazib yubordi va 19 ta o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.


