1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Texnikumlarda o‘qituvchi va ustalar uchun kasbiy sertifikatlash tizimi joriy qilinadi

Sertifikat olgan pedagoglarga oylikka qo‘shimcha ustama belgilanadi.

Texnikumlarda o‘qituvchi va ustalar uchun kasbiy sertifikatlash tizimi joriy qilinadi

Shu orqali texnikum ustozlariga milliy sertifikat uchun oyligining 30 foizi, xalqaro sertifikatga esa 50 foizi miqdorida ustama to‘lanadi.

 

Texnikum direktori va o‘rinbosarlariga maktabdagi hamkasblaridan kam bo‘lmagan oylik beriladi. Agar “Direktorlar maktabi”da menejerlik sertifikatini olsa, yana qo‘shimcha 20 foiz ustama to‘lanadi.

 

Shuningdek, endi texnikumlarda ham ilmiy daraja va unvonlar uchun ustamalar to‘lash yo‘lga qo‘yiladi.

 

Har yili 500 nafar muallim ilg‘or xorijiy ta’lim tashkilotlariga, yana 500 nafar ustalar esa chet eldagi yirik korxonalarga stajirovkaga yuboriladi. O‘qishga kirolmagan 200 ming yoshlar texnikumlarda 3-6 oylik qisqa muddatli dasturlar asosida kasbga o‘qitiladi

 

9-sinfni bitirib, texnikumga kirgan yoshlarga maktabga qaytib kelish imkoniyati bor. Endilikda 10-sinfga o‘tib, maktabda o‘qish fikridan qaytgan yoshlar ham ta’limni texnikumda davom ettirishi mumkin bo‘ladi. Dual ta’lim bilan qamrov 5 barobar oshiriladi

 

Hamkor korxonalarga 5 mlrd so‘mgacha imtiyozli kredit ajratilib, dual ta’lim (nazariy va amaliy bir vaqtda) orqali ishlayotgan o‘quvchilar bo‘yicha yagona ijtimoiy to‘lov ikki barobar qisqartiriladi.

 

Texnikumlardagi xorijiy tillar uchun ajratilgan soatlar 4 karra ko‘paytiriladi va kelgusi yildan yangi raqamli platforma ishga tushiriladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика