Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida tug‘ilgan va hozirda Navoiy shahrida yashayotgan A.Yu. 2023 yilning fevral oyida Qozog‘iston, Olmaota shahrida bo‘lgan paytida TikTok platformasida jonli efirga chiqib, davlat rahbarining sha’ni va qadriyatlarini haqorat qilgan. Ushbu chiqish blogerlar yordamida butun dunyo ijtimoiy tarmoqlarida tarqalib, jamiyatda katta rezonsans uyg‘otdi.
Chetdan o‘tgandan so‘ng, A.Yu. Turkiya va Ozarbayjonda bir muddat yashab, qilgan ishlarini unutishiga umid qilgan. Biroq qonun ustuvor bo‘lib, Prezident Davlat xavfsizlik xizmati tezkor tadbirlar natijasida A.Yu. 2025 yil aprel oyida Ozarbayjonda qo‘lga olindi.
Sud jarayonida u qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, uzr so‘radi: “Men 2023 yil fevral oyida Sherxon nomli TikTok profilimda yurtboshimizni haqorat qilganman. Qilgan ishimdan pushaymonman va bunday so‘zlarni qayta ishlamayman,” — dedi A.Yu.
Sud hukmiga ko‘ra, A.Yu. O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 158-moddasi uchinchi qismi bilan aybli deb topilib, 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Shuningdek, u O‘zbekistonda yashagan paytda sodir etgan o‘g‘rilik va bezorilik kabi jinoyatlar uchun ahloqiy tuzatish bilan jazolangan.


