1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Timur Kapadze O‘zbekiston terma jamoasidan ketganligi tasdiqlandi

Mutaxassis murabbiylik faoliyatini bosh murabbiy sifatida davom ettirishga qaror qildi.

Timur Kapadze O‘zbekiston terma jamoasidan ketganligi tasdiqlandi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yordamchi murabbiyi Timur Kapadze terma jamoadagi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assosiasiyasi (O‘FA) rasmiy bayonot berdi. Ma’lum qilinishicha, Kapadze o‘z faoliyatini yangi bosqichda, bosh murabbiy sifatida davom ettirish istagini bildirgan.

 

O‘FA ma’lumotiga ko‘ra, Kapadzega boshqa taklif tushgan va u endi murabbiylik faoliyatini mustaqil ravishda, jamoa boshlig‘i sifatida yuritishni ma’qul ko‘rgan. Shu sabab uning arizasi rahbariyat tomonidan ko‘rib chiqilib, hurmat bilan qabul qilingan.

 

“O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Timur Kapadzening o‘zbek futboli rivojiga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildiradi va uning kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi”, deyiladi rasmiy xabarda.

 

Eslatib o‘tamiz, 2024-yilning yozida Timur Kapadze boshchiligida O‘zbekiston milliy jamoasi BAA ustidan muhim g‘alabani qo‘lga kiritib, JCH saralash bosqichida muhim natijaga erishgan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика