"Ien" to‘foni oqibatida Floridada 1.8 million kishi elektrsiz qoldi.
AQSH to‘fonlarni kuzatish milliy markazi maʼlumotlariga ko‘ra, ayrim joylarda shamolning tezligi soatiga 169 kilometrni tashkil etgan. bungacha u 240 km/s gacha ko‘tarilgandi.
To‘fon oqibatida Florida shtatining 10 foiz aholisi elektr tarmoqlaridan uzilib qolgan. Shtat gubernatori Ron Desantis mahalliy hukumat bu holatga barham berish uchun 30 ming mutaxassis jalb qilinganini maʼlum qilgan.
Avvalroq Jozef Bayden "Ien" tufayli Floridada favqulodda holat joriy etgandi.


