1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Tojikistonda MMA bo‘yicha jahon chempioni jang paytida vafot etdi

15 yoshli sportchi tengdoshlari bilan bo‘lgan janjal vaqtida og'ir jarohat olgan.

Tojikistonda MMA bo‘yicha jahon chempioni jang paytida vafot etdi

 

 

Tojikistonda aralash jang san’ati (MMA) bo‘yicha 15 yoshli jahon chempioni Muhammadali Sa’dulloyev tengdoshlari bilan bo‘lgan mojaro vaqtida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Report.az xabar bermoqda.

 

Federatsiya ma’lumotiga ko‘ra, voqea 11-yanvardan 12-yanvarga o‘tar kechasi Kulob shahridagi internet-kafelardan birida sodir bo‘lgan. Mojaro vaqtida Sadulloev ko‘kragiga pichoq bilan urilgan. Hodisa natijasida yana ikki kishi jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan.

 

Huquqni muhofaza qilish organlari ikki gumonlanuvchini qo‘lga olgan. Hozirda tergov jarayoni davom etmoqda.

 

Sadulloyev 2024-yilda o‘z yosh toifasida MMA bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan, 2025-yilda esa Tojikiston chempioni unvonini qo‘lga kiritgan edi. Yosh sportchining halokati jamiyat va sport jamoatchiligida chuqur qayg‘u uyg‘otdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика