1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tojikistondagi sel qurbonlari soni 17 kishiga yetdi

Kofarnixon daryosidan sel oqizib ketgan yana to‘rt kishi — uch ayol va bir erkakning jasadi topildi.

Tojikistondagi sel qurbonlari soni 17 kishiga yetdi

Kofarnixon daryosidan sel oqizib ketgan yana to‘rt kishi — uch ayol va bir erkakning jasadi topildi.

Avvalroq, Vahdat tumanida 11 kishi, Rudakiy tumanida esa 2 kishi, jami 13 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.

Voqeadan so‘ng Tojikiston Respublikasi Prezidenti, Millat yetakchisi Emomali Rahmon halok bo‘lganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildirgan.

Mamlakat rahbari, shuningdek, Bosh vazirga, Favqulodda vaziyatlar va fuqaro mudofaasi qo‘mitasiga, shuningdek, boshqa vakolatli organlarga halok bo‘lganlarning oila aʼzolariga tez yordam ko‘rsatish, favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar ko‘rish yuzasidan tegishli topshiriqlar bergan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика