1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tojikistonlik migrantlarning 40 foizi Sankt-Peterburgni tark etgan

Bu haqda mamlakat Bosh konsuli maʼlum qildi.

Tojikistonlik migrantlarning 40 foizi Sankt-Peterburgni tark etgan

 

Tojikiston Respublikasining Sankt-Peterburgdagi Bosh konsuli Nazari Xomidjon Temur vaziyatga COVID-19 pandemiyasi jiddiy taʼsir ko‘rsatganini taʼkidladi. Hozir vaziyat o‘zgarmoqda. Tojikistonliklar Sankt-Peterburgga qayta boshladi. U bu haqda «Peterburgskiy dnevnik» nashri muxbiriga so‘zlab berdi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Tojikiston fuqarolarining salmoqli qismi COVID-19 tufayli Sankt-Peterburgni tark etishga majbur bo‘lgan. SOVID-19‘ga qarshi cheklovlar joriy etilganida, aksariyat korxonalar yopilgan, ish kamaygan edi. Mehnat migrantlarining 40 foizga yaqini yurtiga qaytib ketgan. Hozir vaziyat barqarorlashmoqda. Bugungi kunda Tojikistondan amalga oshirilayotgan muntazam parvozlarda, samolyotlarning yo‘lovchilar bilan bandligi taxminan 80 foizni tashkil etadi.

 

"Peterburgga qaytayotgan mehnat migrantlari uchun baʼzi muammolar ham mavjud. Bunday muammolardan biri – fuqarolarning Sankt-Peterburgda ish topolmay, Rossiyaning boshqa hududlariga ketishayotgani. Bugungi kunda Tojikistonda yangi sanoat korxonalari barpo etilib, fuqarolar o‘z vatanida ish bilan taʼminlanyapti. Sankt-Peterburg biznesining Tojikistonga kirib borishi fuqarolarning ish bilan taʼminlanishiga katta imkoniyatlar yaratib bermoqda" — degan Bosh konsul.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика