1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

To‘qayev: O‘zaro ishonchsizlik kuchaygan paytda “Shanxay ruhi”ni saqlab qolish muhim

Qozog‘iston prezidenti ShHT davlat rahbarlari kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida nutq so‘zladi.

To‘qayev: O‘zaro ishonchsizlik kuchaygan paytda “Shanxay ruhi”ni saqlab qolish muhim

 

Shanxay Hamkorlik Tashkiloti dunyodagi eng muvafaqiyatnli xalqaro tashkilot hisoblanadi. Qosim-Jo‘mart To‘qayev SHHT davlat rahbarlari kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida maʼlum qildi.

 

To‘qayev dunyodagi sanksiyaviy bosimlar kuchayganini, o‘zaro ishonch yo‘qolib borayotganini qayd etdi. Bunday sharoitda “Shanxay ruhi”ni saqlab qolish zarurligini, tashkilot imkoniyatlarini to‘laqonli ochib berish muhimligi taʼkidlandi.

 

Qozog‘iston prezidenti SHHTni global iqtisodiy platformaga aylantirish kerakligini aytdi.

 

“SHHT davlatlari iqtisodiyoti barqaror o‘sib bormoqda; inson resurslari va texnologik imkoniyatlarimiz yetarli; tabiiy resurslar, birinchi navbatda, energetika resurslarining o‘ta yirik zaxiralari bor”, — degan u.

 

To‘qayev SHHT doirasida transport-logistik hamkorlikni kuchaytirishni taklif qildi. Bunda Transkaspiy transport koridori, Qozog‘iston — Turkmaniston — Eron temiryo‘li imkoniyatlaridan foydalanish muhimligi taʼkidlandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика