1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

To‘rtko‘lda qalbaki alkogol ishlab chiqarayotgan sex fosh bo‘ldi

Hozirda holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.

To‘rtko‘lda qalbaki alkogol ishlab chiqarayotgan sex fosh bo‘ldi

Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l tumanida “Qaratau” nomi ostida alkogol mahsulotlari ishlab chiqarayotgan yashirin sex fosh etildi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

 

O‘tkazilgan tezkor tadbirda “Anhorli” MFYda yashovchi fuqaro o‘z uyining yordamchi xo‘jaligida yashirin sex tashkil qilib, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlangan. Ushbu xonadondan 3 turdagi “Qaratau” nomi ostida qo‘lbola usulda tayyorlangan 3 566 dona alkogol mahsuloti, 7 925 dona aksiz marka, 297 litr spirt, 125 litr antiseptik va ishlab chiqarishda foydalaniladigan boshqa tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) va 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика