Kecha,15 avgust kuni soat 04:50 larda Toshkent xalqaro aeroporti chegara-bojxona posti xodimlari tomonidan “Pekin-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan xorijlik fuqaroning 2 dona qora va 1 dona qizil rangli yo‘l sumkalari tegishli tartibda tekshirilgan.
Yuklar ichidan bojxona nazorati uchun belgilangan tartibda taqdim etilmagan, og‘zaki so‘rovda aytilmagan, jismoniy shaxslar tomonidan tamaki mahsulotlarini olib kirish meʼyoridan ortiqcha bo‘lgan, umumiy qiymati 31 mln 20 ming so‘m bo‘lgan jami 1 070 qutida 4 turdagi tamaki mahsulotlari borligi aniqlangan.
Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


