1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent metrosida yana nosozlik kuzatildi

Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Toshkent metrosida yana nosozlik kuzatildi

Bugun, 21 fevral sanasi soat 16:30 lar atrofida Yunus Rajabiy - Ming O‘rik bekatlari oralig‘ida harakatlanayotgan 68-sonli harakat tarkibida texnik nosozlik holati aniqlangan. 

 

Shundan so‘ng, belgilangan yo‘riqnomaga asosan, elektropoyezd mashinisti tomonidan tezkor ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida harakat tarkibidagi nosozlik 4 daqiqa ichida bartaraf etilgan va harakat tarkibi faoliyati qayta tiklangan.

 

Hozirgi vaqtda yo‘nalishdagi poyezdlar belgilangan jadval asosida harakatlanmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика