1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent metrosida yana nosozlik yuz berdi

Metropoliten yo‘lovchilardan uzr so‘rab chiqdi.

Toshkent metrosida yana nosozlik yuz berdi

Bugun, 9 sentyabr sanasi soat 17:26 lar atrofida “O‘zbekiston” yo‘lining Alisher Navoiy bekatidan harakatlanishi lozim bo‘lgan 38-sonli harakat tarkibida texnik nosozlik holati kuzatilgan.

 

Shu boisdan, belgilangan yo‘riqnomaga asosan, yo‘lovchilar va harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida poyezddagi yo‘lovchilar bekatga tushirilgan. Shundan so‘ng harakat tarkibida yuzaga kelgan kamchilikni aniqlash va uni bartaraf etish maqsadida tekshiruv yo‘lagi tomon olib ketilgan.

 

Hozirgi vaqtda yo‘nalishdagi poyezdlar belgilangan jadvalga asosan harakatlanmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика