Bugun Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti binosi ro‘parasida mudhish YTH sodir bo‘lgani xaqida xabar bergan edik.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHX boshqarmasi matbuot xizmati boshlig‘i Qahramon Xudoyberganov ZAMON.UZ‘ga maʼlumot berdi.
Maʼlum bo‘lishicha, hodisa bugun soat 15:00da Toshkent shahar M.Ulug‘bek tumani, Mustaqillik ko‘chasi, 71 uy qarshisida sodir bo‘lgan. Haydovchi D. Karimov “Cobalt” rusumli avtoulovni boshqarib ketayotib, Rossiya Federatsiyasi fuqarosi bo‘lgan A.Tyuni boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtoulov bilan to‘qnashib ketgan, natijada “Cobalt” avtoulovi ag‘darilib ketgan.



To‘qnashuv natijasida “Cobalt” avtoulovi haydovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga olib ketilgan.


