1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Toshkentda «Neksiya 3» bilan to‘qnashgan «Matiz» ag‘darilib ketdi

2021 yil 13 avgust kuni soat 19:00larda Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Zarqaynar ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

Toshkentda «Neksiya 3» bilan to‘qnashgan «Matiz» ag‘darilib ketdi

 

 

IIV YHXB xabariga ko‘ra, haydovchi, 1998 yilda tug‘ilgan A.M. boshqaruvidagi "Neksiya 3" hamda haydovchi 1987 yilda tug‘ilgan B.M. boshqaruvida bo‘lgan "Matiz" rusumli avtomobillar to‘qnashgan va zarb oqibatida "Matiz" avtomobili ag‘darilgan.

 

Oqibatda Matiz haydovchisi B.M. tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

 

 

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика