O‘zbekiston va Qozog‘iston ikki davlat chegarasi demarkatsiyasi bo‘yicha shartnoma loyihasi matnini maʼqulladi. Bu haqda Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi maʼlum qildi.
“2022 yilning 25 iyulidan 5 avgustiga qadar Olma-Ota shahrida Qozog‘iston va O‘zbekiston Respublikalari hukumat delegatsiyalarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar davomida tomonlar Qozog‘iston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi davlat chegarasi demarkatsiyasi to‘g‘risidagi shartnoma matnini hamda chegara demarkatsiyasi yakuniy hujjatlari loyihasi paketini ishlab chiqish yuzasidan kelishuvga erishdi”, – deyiladi vazirlik xabarida.
Ushbu masala yuzasidan navbatdagi uchrashuv Toshkentda bo‘lib o‘tishi belgilangan. Uning muddati diplomatik kanallar orqali aniqlashtiriladi.
Avvalroq Bugundan boshlab Qozog‘iston O‘zbekiston bilan chegara punktlarini ochgani to‘g‘risida xabar berilgandi.


