Toshkent viloyatida 30 metr balandlikdagi bosh Yangi yil archasining chiroqlari yoqildi. Marosimda 28 mingdan ortiq yorug‘lik va bezak elementlari bilan bezatilgan archa tomoshabinlarga bayramona kayfiyat ulashdi. Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzaev tadbirda ishtirok etib, bayramning rasmiy ochilish marosimini olib bordi.
Tadbirda 100 nafar Qorbobo va Qorqiz ham qatnashib, bolajonlar va oilalarga quvonch ulashdi. Tomoshabinlar archa yonida suratga tushish va bayramona dasturlarni tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Hokimlik ma’lumotlariga ko‘ra, "Nurafshon Business City" hududidagi bosh archa maydonida Yangi yil tadbirlari har kuni soat 10:00 dan 22:00 gacha davom etadi. Bayram davomida mehmonlar uchun turli ko‘ngilochar dasturlar, musiqiy chiqishlar va bolalar uchun o‘yinlar tashkil qilinadi.


