1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent viloyatida MIB orqali qidiruvdagi shaxslar topilib, qarzdorliklar bartaraf etilmoqda

Birgina dekabr oyida 87 nafar shaxs topilgan va ijro amalga oshirilgan.

Toshkent viloyatida MIB orqali qidiruvdagi shaxslar topilib, qarzdorliklar bartaraf etilmoqda

Boshqarmaning tuman va shahar bo‘limlari tomonidan sud qarorlariga asosan qarzdor deb topilgan 825 nafar shaxsga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan.

 

2025 yilning o‘tgan o‘n ikki oyi davomida 673 nafar qidiruvdagi shaxs topilib, keyingi ijro harakatlari amalga oshirildi.

 

Birgina  dekabr oyida 87 nafar shaxs topilganligi bu yo‘nalishdagi ishlar samaradorligidan dalolat beradi.

 

Shuningdek, aliment to‘lovchi qarzdorlardan 83 nafari sud hujjati ish yurituvga qabul qilinishidan avval chet davlatlarga chiqib ketganligi aniqlangan. Ularga nisbatan davlatlararo qidiruv eʼlon qilinib, xalqaro shartnomalar asosida tegishli so‘rovnomalar yuborilgan.

 

Masalan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Quyi Chirchiq tumanlararo sudining sud buyrug‘iga asosan qarzdor M.S.dan undiruvchi Ismoilova foydasiga 1 nafar voyaga yetmagan farzandi voyaga yetgunga qadar farzandining taʼminoti uchun 1/4 qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan hamda tegishli ijro ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Qarzdor M.S.dan mazkur ijro hujjati bo‘yicha moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan shaxsni moddiy taʼminlashi lozimligini aniq bilgan xolda, bu haqida bir necha bor ogohlantirilganligiga qaramasdan 2022 yil 1 noyabr kunidan 2026 yil 1 yanvar kuniga qadar hisoblab chiqilgan jami 13.188.889 so‘m miqdoridagi aliment pullarini to‘lamasdan, yashash manzilini o‘zgartirganligi sababli, unga nisbatan rasman qidiruv eʼlon qilingan edi.

 

Tezkor-qidiruv harakatlari davrida, qarzdor topildi hamda uning huquq va majburiyatlari to‘liq qayta tushuntirildi. Qarzdor javobgarlikni tushungan holda qarzdorlikni to‘liq bartaraf etdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика