1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent viloyatida ming yillik tarixga ega qabr topildi

Mutaxassislar tomonidan bu yerdan dafn buyumlari, temir qilich, bronza uzuk, sopol idish va muhr topildi.

Toshkent viloyatida ming yillik tarixga ega qabr topildi

 

Madaniy meros agentligi Toshkent viloyatining Parkent tumanida ming yillik tarixga ega qabr topilganini ma’lum qildi.

 

2024-yilning iyun oyida ushbu tumanda joylashgan Kumushkon mahallasining shimolidagi fermer xo‘jaligiga olib boruvchi yo‘lning qurilishi jarayonida tasodifan qadimgi davrga oid qabr qoldiqlari aniqlangandi.

 

Qazishmalar davomida yo‘l ustida yer surish ishlari olib borilayotgan vaqtida hosil bo‘lgan o‘ra, aslida, yerosti dafn xonasi (katakomba) ekani aniqlandi. Mutaxassislar tomonidan bu yerdan dafn buyumlari, temir qilich, bronza uzuk, sopol idish hamda bulla (muhr) topildi.

 

Hozirgi vaqtda Madaniy meros agentligining moliyaviy ko‘magida hududda Samarqand arxeologiya instituti xodimlari tomonidan arxeologik qazishma ishlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика