1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda 143-sonli avtobus yo‘nalishiga o‘zgartirish kiritildi

Endilikda mazkur yo‘nalishda avtobuslar harakati Toshkent INDEX savdo majmuasidan boshlanadi.

Toshkentda 143-sonli avtobus yo‘nalishiga o‘zgartirish kiritildi

 

Ertaga, 26-sentabrdan boshlab Toshkent  shahrida 143-sonli avtobus yo‘nalishi o‘zgartiriladi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati xabar qilmoqda.

 

“12-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 143-sonli “Toshkent imtihon markazi—Chilonzor MUM” avtobus yo‘nalishining harakati to‘g‘ri yo‘nalishda “Toshkent INDEX savdo majmuasi”dan Sofdil, Qipchoq, M.Tursunzoda, Shokirariq, Yangi Sergeli yo‘li, Obihayot, Fayzli, Cho‘ponota, Bunyodkor shoh, Muqimiy, Chilonzor ko‘chalari orqali “Chilonzor MUM” bekatigacha, qaytishda “Chilonzor MUM” bekatidan Chilonzor, Cho‘ponota, Fayzli, Obihayot, Yangi Sergeli yo‘li, Shokirariq, M.Tursunzoda, Qipchoq, Sofdil ko‘chalari orqali “Toshkent INDEX savdo majmuasi”ga qadar harakatlanishi va yo‘nalishning ish tartibi soat 6:00 dan 21:30 gacha etib belgilangan.

 

Endilikda 143-sonli avtobus yo‘nalishi “Toshkent INDEX savdo majmuasi—Chilonzor MUM” deb nomlanadi. Ushbu yo‘nalishda ish kunlari 7 ta, shanba kuni 6 ta va yakshanba kuni 3 ta avtobus harakatlanadi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика