1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda 29 yoshli haydovchi 60 yoshli erkakni kaltakladi

Jabrlanuvchida yopiq bosh miya jarohati va miya chayqalishi aniqlangan.

Toshkentda 29 yoshli haydovchi 60 yoshli erkakni kaltakladi

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida 29 yoshli haydovchi 60 yoshli erkakka tan jarohati yetkazgani uchun unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

 

Ichki ishlar organlari ma’lumotiga ko‘ra, voqea 19-oktabr kuni soat 20:00 atrofida Yusuf Xos Xojib ko‘chasida sodir bo‘lgan. “Nexia-2” rusumli avtomobil haydovchisi bilan keksa erkak o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan, natijada haydovchi erkakka jismoniy kuch ishlatib, voqea joyidan yashiringan.

 

Tibbiy ko‘rik yakunlariga ko‘ra, jabrlanuvchida yopiq bosh miya jarohati, miya chayqalishi va qosh sohasida tan jarohati aniqlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bo‘yicha jinoiy ish ochilgan, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика