1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda 60 yoshli erkak voyaga yetmagan qizga shilqimlik qildi

Hozirda unga nisbatan qamoq jazosi tayinlangan.

Toshkentda 60 yoshli erkak voyaga yetmagan qizga shilqimlik qildi

Qayd etilishicha, joriy yilning 15 sentyabr kuni ayol huquq-tartibot idoralariga murojaat qilib, nomaʼlum erkak mast holda qizini bezovta qilib, shilqimlik qilgani haqida maʼlum qilgan.

 

Huquq-tartibot idoralari ushbu holatni sodir etgan shaxs Toshkent viloyatida 1964 yilda tug‘ilgan nafaqaxo‘r B.B. ekanligini aniqlagan.

 

Bo‘lib o‘tgan sud majlisida B.B. o‘z aybiga iqror bo‘lmagan. Aksincha, u o‘z xatti-harakatini qiz unga nabirasini juda eslatganligi bilan izohlagan. Ammo B.B. o‘sha paytda mast bo‘lganini inkor etmagan.

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumani sudi tomonidan 2024 yil 30 sentyabrda erkakni Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi (Shahvoniy shilqimlik qilish)da nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 3 sutkaga maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика