1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda advokat 2 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

U qamoq ehtiyot chorasi masalasini “hal qilib berish”ni va’da qilgan.

Toshkentda advokat 2 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

 

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti shahar boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida poytaxtda faoliyat yurituvchi advokatlar hay’ati a’zosi bo‘lgan, ilgari sudlangan advokat firibgarlik yo‘li bilan 2 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. Bu haqda DXX Zamon.uzga xabar berdi.

 

Aniqlanishicha, ushbu advokat Shayxontohur tumani IIO FMB Tergov bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida gumonlanuvchiga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanmasligini mansabdor tanishlari orqali hal qilib berishni va’da qilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan advokatga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi hamda 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

 

Hozirda mazkur holat bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика