Toshkentda aholi, byudjet va boshqa ulgurji tashkilotlar uchun markazlashtirilgan issiqlik taʼminoti xizmatlari tariflari oshiriladi. Bu haqida poytaxt hokimining 27 oktyabrdagi qarorida ko‘rsatib o‘tilgan.
Unga ko‘ra, quyidagi tariflar tasdiqlandi:
• bazaviy tarif — 711 641 so‘m/Gkal (QQSsiz);
• aholi uchun — 139 860 so‘m/Gkal (QQSsiz);
• byudjet tashkilotlari uchun — 925 797 so‘m/Gkal (QQSsiz);
• boshqa ulgurji tashkilotlar uchun — 342 296 so‘m/Gkal (QQSsiz).


