1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda avtobuslarning harakatlanish oraliq vaqti qisqarmoqda

16-17 dekabr kunlari poytaxtga 204 ta avtobuslar olib kelingan.

Toshkentda avtobuslarning harakatlanish oraliq vaqti qisqarmoqda

 

Prezident topshirig‘iga asosan, so‘nggi uch kunda Toshkent shahridagi jamoat transporti tizimidagi muammolarni bartaraf etish maqsadida tezkor choralar amalga oshirilyapti.

 

16-17 dekabr kunlari poytaxtga 204 ta avtobuslar olib kelindi va yo‘nalishga chiqarildi. Natijada yo‘nalishdagi avtobuslarning harakatlanish oraliq vaqti 25-30 daqiqadan 10-12 daqiqaga qisqaradi.

 

Shahardagi 148 ta yo‘nalishning 34 tasi muammoli ekani aniqlandi. Barcha yo‘nalishlarga 200 dan ortiq qo‘shimcha avtobus jalb etilgach, 17 ta yo‘nalishdagi muammo bartaraf etildi, biroq aholi ehtiyojlarini to‘liq qondirish uchun yana 21 ta  yangi avtobus yo‘nalishi shakllantirilishi zarur.

 

Poytaxtning 8 ta avtobus parklarining 1374 ta transport vositalari to‘liq texnik ko‘rikdan o‘tkazildi, ulardan texnik nosoz holatdagi 259 ta avtobusning 89 tasi taʼmirlandi.

 

Haydovchilar tanqisligini bartaraf etish maqsadida 2 425 nafar “D, E” toifali haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan shaxslar ro‘yxati shakllantirildi, hozirga qadar ularning 140 nafardan oshiq ishga qabul qilindi.

 

Avtobus saroylaridagi mavjud issiqlik, suv va shu kabi boshqa muammolar bartaraf etilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика