1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda avtomaktab rahbari 1000 dollar pora bilan ushlandi

U fuqaroga 3 oylik o‘quv kursida qatnashmasdan “prava” olishiga yordam bermoqchi bo‘lgan.

Toshkentda avtomaktab rahbari 1000 dollar pora bilan ushlandi

 

Toshkent shahri Mirobod tumanida haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilgan o‘quv tashkiloti rahbari pora bilan ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Departament hamda IIBning Mirobod tuman bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda “Vatanparvar” tashkiloti “Chilonzor o‘quv sport texnika klubi” unitar korxonasi boshlig‘i F. E. fuqaro J. ga “С” toifadagi haydovchilik guvohnomasini olish uchun 3 oylik o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashmasdan, o‘qiganlik haqidagi guvohnomani tayyorlab berishi evaziga dastlab 1,5 (mln) so‘mni qo‘lga kiritib, qolgan 1000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar biln ushlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan JKning 192-9-moddasi (tijoratda pora evaziga og‘dirib olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Samarqand viloyatida fuqarolarga imtihonlarsiz haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilgan avtomaktab xodimi 3 mln so‘m pora bilan qo‘lga tushgandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика