1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda ayollar tunda janjallashdi

Holat yuzasidan shahar IIBB ma'lumot berdi.

Toshkentda ayollar tunda janjallashdi

 

 

Ijtimoiy tarmoqlarda ikki nafar ayol o‘rtasida kelib chiqqan janjal aks etgan video tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rasmiy ma’lumot berdi.

 

Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 15-yanvar kuni soat 23:55 lar atrofida Mirobod tumani Amir Temur ko‘chasida joylashgan kafelardan biri oldida sodir bo‘lgan. 2000-yilda tug‘ilgan M.N. va 1992-yilda tug‘ilgan I.G. o‘rtasida tortishuv yuzaga kelib, u o‘zaro janjalga aylangan.

 

Dastlabki aniqlashlarga ko‘ra, ushbu holat oqibatida tomonlardan hech biri tan jarohati olmagan. Mojaro qisqa vaqt ichida yakunlangan va og‘ir oqibatlarga olib kelmagan.

 

Hozirda mazkur voqea yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Tekshiruv yakuniga ko‘ra, amaldagi qonunchilik asosida qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanishi ma’lum qilindi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика