Bugun, 29 fevral kuni tongda Toshkent shahrida yo‘lovchi avtobusi va “Treker-2” avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Maʼlum qilinishicha, avtobus Yangi O‘zbekiston — Jasorat ko‘chalari kesishmasida qarama-qarshi tomondan kelayotgan “Treker-2” avtomobiliga yo‘l bermagani oqibatida to‘qnashuv yuz bergan.

Yengil avtomobil haydovchisi shifoxonaga olib ketilgan, avtobusda yo‘lovchilar bo‘lmagan.



