Ijtimoiy tarmoqda Toshkent shahrining Mirobod tumanida erkak o‘zini 7-qavatdan tushib ketgani yoki tashlab yuborilgani haqida video tarqaldi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, Mirobod tumanida bir erkak ko‘p qavatli binodan tushib ketganligi bilan bog‘liq xabar o‘rganilmoqda. Hozirda tezkor-tergov guruhi tomonidan voqea joyi ko‘zdan kechirilib, fuqaroning shaxsi va sodir etilgan holatga aniqlik kiritish maqsadida tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
“Natijalari haqida batafsil maʼlumot berilishi taʼminlanadi”, — deyiladi xabarda.


