1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda hamkasbiga nisbatan jinsiy shilqimlik qilgan 20 yoshli yigit qamaldi

Ayblanuvchi qizga jinsiy a'zosini videoga olib yuborgan va jinsiy aloqaga undagan.

Toshkentda hamkasbiga nisbatan jinsiy shilqimlik qilgan 20 yoshli yigit qamaldi

Toshkent shahrida 20 yoshli yigit o‘zi bilan bir joyda ishlaydigan 18 yoshli qizga nisbatan shahvoniy shilqimlik harakatlarini sodir etgani uchun 5 sutkalik ma’muriy qamoq jazosiga hukm qilindi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudida 30-oktabr kuni ko‘rib chiqilgan ishda ayblanuvchi B.D. o‘z aybiga iqror bo‘lib, suddan yengillik so‘ragan.

 

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 12-oktabr kuni B.D. o‘zi bilan birga ishlaydigan qiz Sh.A.ga jinsiy a’zosini videoga olib, Telegram messenjeri orqali yuborgan. Bundan tashqari, u qizga turli uyatli so‘zlar yozib, jinsiy aloqa qilishga undagan va shahvoniy shilqimlik qilgan. Holat qizning onasi tomonidan fosh etilgan va sudga murojaat qilingan.

 

Sud jarayonida B.D. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi (shahvoniy shilqimlik qilish) 1-qismida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etishda aybdor deb topildi va 5 sutkalik ma’muriy qamoq jazosiga hukm qilindi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика