1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda Ikkinchi O‘zbekiston–Xitoy ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi

Unda O‘zbekistondan 160 dan ortiq ta’lim tashkilotlari vakillari qatnashmoqda.

Toshkentda Ikkinchi O‘zbekiston–Xitoy ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 2-noyabr kuni Toshkentda Ikkinchi O‘zbekiston–Xitoy ta’lim forumining rasmiy ochilish marosimi tashkil etildi.

 

Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Xitoy Xalq Respublikasi Ta’lim vaziri Xuay Tszinpen hamda mas’ullar ishtirok etishdi.

 

Shuningdek, forumda Xitoyning turli oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari hamda kasb-hunar markazlari vakillari, O‘zbekistondan 160 dan ortiq ta’lim tashkilotlari vakillari qatnashmoqda.

 

Tadbir davomida ikki davlat o‘rtasida ta’lim va ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishida hamkorlik, ta’lim jarayoniga sun’iy intellektni joriy etish va ta’lim-fan-ishlab chiqarish integratsiyasiga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi.

 

Shuningdek, talabalar ishtirokida milliy madaniyatimiz va urf-odatlarga bag‘ishlangan ko‘rgazma hamda universitet binosida ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика