1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda issiq suv sifati bo‘yicha to‘lovlar qayta ko‘rib chiqiladi

Poytaxtda zang tusli suv holatlari vaqtincha texnik sabablar bilan bog‘liq ekani bildirildi.

Toshkentda issiq suv sifati bo‘yicha to‘lovlar qayta ko‘rib chiqiladi

Toshkent shahrining ayrim hududlarida aholi tomonidan issiq suvning rang o‘zgarishi — ya’ni zangga o‘xshash tusda chiqayotgani haqida shikoyatlar kuzatilmoqda. Mazkur holat yuzasidan “Veolia Energy Tashkent” kompaniyasi mutaxassislari tomonidan joylarga chiqib, tizim holatini o‘rganish ishlari boshlangan.

 

Kompaniya xabariga ko‘ra, isitish mavsumi oldidan issiqlik tarmoqlarini sinovdan o‘tkazish jarayonida suvning vaqtincha jigarrang tus olishi tabiiy jarayon bo‘lib, bu quvurlarda suv aylanishi tiklanayotgani bilan bog‘liq.

 

Tekshiruv davomida ayrim turar joylarda suv oqimi qaytish quvuri orqali uzatilgani aniqlangan, bu esa haroratning pasayishi va suv tarkibidagi temir zarralarining chiqishiga sabab bo‘lgan.

 

“Veolia Energy Tashkent” mutasaddilari boshqaruvchi tashkilotlar bilan hamkorlikda texnologik suv to‘kish va quvurlarni tozalash ishlarini olib bormoqda.

 

Shuningdek, kompaniya suv sifati tashqi omillar natijasida yomonlashgani aniqlangan hollarda iste’molchilarga to‘lovlar qayta hisoblanishini ma’lum qildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика