1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda ko'p qavatli uyda yong'in yuzaga keldi

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo'q.

Toshkentda ko'p qavatli uyda yong'in yuzaga keldi

 

6-iyun kuni soat 23:48 da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Bektemir tumani, “Iqbol” mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning birida — 11-qavatdagi xonadonda yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan.

 

Voqea joyiga yong‘in-qutqaruv ekipajlari atigi 5 daqiqa ichida — soat 23:53 da yetib borishdi. Yong‘in soat 00:22 da to‘liq o‘chirilgan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, xonadondagi uy jihozlari yonib zarar ko‘rgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

 

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика