1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda Laсetti bilan Neksiya–3 YTHga uchradi

Holat bo‘yicha YHXB ma’lumot berdi.

Toshkentda Laсetti bilan Neksiya–3 YTHga uchradi

 

Bugun, 18-sentabr kuni Toshkent shahrining Mirobod tumanida ikkita avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda shahar IIBB YHXB  xabar qildi.

 

Qayd etilishicha, soat 21:10 larda Mirobod tumani Afrosiyob–Oybek ko‘chalari kesishgan chorrahada 1985-yilda tug‘ilgan X.N. boshqaruvidagi Neksiya–3 hamda 2003-yilda tug‘ilgan R.R. boshqaruvidagi Laсetti o‘zaro to‘qnashib ketgan. 

 

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика