Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Shayxontohur tumani bo‘limi depozit bo‘yicha mutaxassisi lavozimida ishlab kelgan M.B., o‘tgan yilning mart oyida qarzdor tomonidan ortiqcha to‘lab yuborilgan 46 mln so‘m pullarni 2023 yilning iyun oyiga qadar jiyanining plastik kartasiga o‘tkazishga erishib, ushbu mablag‘larni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.
Bundan tashqari M.B. o‘tgan yilning iyul oyidan dekabr oyiga qadar ishlab kelib, o‘zining jiyani 2004 yilda tug‘ilgan Yu.T. va boshqalar bilan oldindan til biriktirib, ish yurituvida ijro hujjatlari mavjud bo‘lmagan 13 nafar fuqarolarning plastik kartalariga 932 mln so‘mdan ortiq mablag‘larni o‘tkazishga erishgan. Sudlanuvchi ushbu pullarni elektron qimor o‘yinlariga tikib yuborgan va o‘zining shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi M.B.ga 6 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.


